Barchasi bolajonlar uchun

194

FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarning har bir kuni mazmunli o‘tishi uchun zarur barcha sharoit yaratilgan.

320 o‘ringa mo‘ljallangan muassasa jamoasi 2022 va 2024 yillarda “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lish orqali binoni ta’mirlash, o‘yingoh maydonlarini qurish, attraksion, interaktiv o‘quv jihozlari va zarur inventarlarni xarid qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Bundan tashqari maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu jarayon muassasaning mas’ul xodimlari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari tarkibidagi maxsus kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA