Harbiy xizmatchilar notariuslardan bepul huquqiy maslahatlar oldi

138

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasida “Yuksalish” umummilliy harakati va O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi tomonidan “Notariuslardan bepul huquqiy maslahatlar” shiori ostida aksiya tashkil etildi. 

Aksiyada harbiy qismda xizmat qilayotgan 130 nafardan ziyod harbiy xizmatchi ishtirok etdi.

Tadbirda xususiy notariuslarning notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtirilgan ishonchnoma hamda vasiyatnomani rasmiylashtirish, onlayn notarial harakatlar singari notarial sohaga oid mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob qaytarildi.

Tadbir yakuni bo‘yicha 15 nafardan ziyod fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi. Shundan 6 tasi meros masalasi va 9 tasi boshqa notarial harakatlarga oidni tashkil etdi.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA