Chimboylik o‘quvchilar ham rekord natija qayd etishdi

89

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 35 nafar bitiruvchisining barchasi oliy o‘quv yurtlariga talabalikka tavsiya etildi.

– Uchinchi yildirki, bitiruvchilarimiz 100 foizlik natija qayd etmoqda, – deydi  maktab direktori o‘rinbosari Rahimboy Jumanov. – Shundan 28 nafari  davlat granti asosida, 7 nafari to‘lovli shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindi.

Ta’kidlash joizki, bitiruvchilarning o‘rtacha to‘plagan ballari 162,6 bo‘lib, barcha maktablar va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari orasida maktabimiz eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biriga ega bo‘ldi.  To‘plangan ballar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichi 86 foizni tashkil etdi. Shundan 180 va undan yuqori ball to‘plaganlar 8 nafar bo‘lib, ulardan 2 nafari 189 ball to‘plashga erishdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri