“CAFA Nations Cup”: Terma jamoamiz o‘yinlari “Olimpiya” stadionida o‘tadi

85

Xabaringiz bor, 30 avgustdan 8 sentyabrga qadar O‘zbekistonda “CAFA Nations Cup” turniri o‘tkaziladi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston, O‘mon, Tojikiston, Eron, Afg‘oniston va Hindiston terma jamoalari ishtirok etadi.

Mazkur musobaqada jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda o‘yin o‘tkazadilar. Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhida O‘mon, Turkmaniston hamda Qirg‘iz Respublikasi bilan o‘ynaydi. “B” guruhida esa Tojikiston Eron, Hindiston va Afg‘oniston kuch sinashadi. Temur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz o‘yinlari yangi qurib bitkazilgan “Olimpiya” stadionida o‘tkazilsa, qolgan o‘yinlar “Jar” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Quyida “CAFA Nations Cup” turnirining o‘yinlar taqvimi bilan tanishasiz:

30 avgust

Qirg‘iz Respublikasi – Turkmaniston

Toshkent. “Jar” stadioni. 17:00

O‘zbekiston – O‘mon

Toshkent. “Olimpiya” stadioni. 19:30

2 sentyabr

O‘mon – Qirg‘iz Respublikasi

Toshkent. “Jar” stadioni. 17:00

Turkmaniston – O‘zbekiston

Toshkent. “Olimpiya” stadioni. 19:30

5 sentyabr

Turkmaniston – O‘mon

Toshkent. “Jar” stadioni. 17:00

O‘zbekiston – Qirg‘iz Respublikasi

Toshkent. “Olimpiya” stadioni. 19:30

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA