Bokschilarimiz jahon chempionatiga munosib tayyorlanmoqda

113

Joriy yilning 4-14 sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida “World Boxing” tashkiloti tomonidan ilk marotaba jahon chempionati o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqada munosib ishtirok etish uchun boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi ayni damda Sheffild shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Charm qo‘lqop ustalarimiz yig‘inda tajribali murabbiylar qo‘l ostida texnik va taktik hamda jismoniy holatni bir maromda ushlab turuvchi mashg‘ulotlarni bajarmoqda.

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, bu galgi jahon chempionatida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi qanday tarkibda ishtirok etishi rasman e’lon qilinmagan.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA