Jahon matbuoti Oq uydagi uchrashuvni muhokama qilmoqda

162

Butun dunyo ommaviy axborot vositalari AQSH Prezidenti Donald Tramp, Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilarining Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarini muhokama qilar ekan, bu safar hammasi do‘stona ruhda o‘tgani, biroq ayni payt ittifoqchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar ham yaqqol ko‘zga tashlanayotganini ta’kidlamoqda.

Dushanba kuni Tramp Oq uyda Zelenskiy va Yevropa Ittifoqi yetakchilarini qabul qildi.

– Tramp va Zelenskiy Yassi xonadagi uchrashuvda o‘zaro do‘stona munosabat namoyon qilishdi, – deyilgan “Politico” nashri e’lon qilgan maqolada.

Ispaniyaning “Pais” gazetasi Tramp va Zelenskiy uchrashuvini yengil, nekbinlik bilan ifodalagan.

– Bu gal tuzoq yo‘q edi, – deb yozdi o‘z navbatida “Point” gazetasi.

Shuningdek, ko‘plab OAV dushanba kungi va fevral oyidagi uchrashuvlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikka e’tibor qaratdi. “Pais” qayd etishicha, kecha Amerika rahbariyati Zelenskiyga tanbeh berilgan avvalgi uchrashuvdan butunlay farqli edi.

“Parisien” gazetasi esa endi vitse-prezident Jey Di Vens “oraga suqilmagan”iga e’tibor qaratdi.

Britaniyaning “Daily Mail” nashri uchrashuv diplomatik “ko‘ngilsizlikdan xoli” o‘tgani va Zelenskiyga “zahar qo‘shilgan choy berilmagani”ni ta’kidlagan.

Онлайн-трансляция встречи Trampа, Зеленского и лидеров Европы в Белом доме  - Газета.Ru

“Economist” jurnali Tramp va Zelenskiy hech bo‘lmaganda omma oldida qiyin savollardan qochganiga urg‘u berdi.

Zelenskiyning tashqi ko‘rinishi “Wall Street Journal” diqqati markazida turdi: Ukraina yetakchisi harbiy kiyimini “kostyumga o‘xshagan libosga almashtiribdi”.

“Economist” jurnali e’tiboridan Amerika yetakchisi “har bir ittifoqchini navbatma-navbat maqtagani” ham chetda qolmadi.

– …biroq, AQSH Prezidenti, Zelenskiy va YeI yetakchilari delegatsiyalari yondashuvlaridagi kelishmovchilik davom etayotgani ko‘zga tashlandi, – deb yozdi Britaniyaning “Times” nashri.

AQSH Prezidenti Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan o‘tkazilgan muzokarani “juda samarali” deb atagan va Putin – Zelenskiy uchrashuviga tayyorgarlik boshlanganini ma’lum qilgan.

Tramp пообещал позвоniть Putinu сразu после переговоров с Зеленским и  лидерами Европы — Meduza

– Juda samarali uchrashuv davomida biz Ukraina uchun qator Yevropa davlatlari tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan kelishilgan holda taqdim etiladigan xavfsizlik kafolati mavzusini muhokama qildik, – deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Shuningdek, u Oq uydagi muzokaralardan so‘ng rossiyalik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qilgani va “Prezident Putin va Prezident Zelenskiy o‘rtasida o‘tkaziladigan, hozir joyi aniqlanayotgan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra boshlagani”ni bildirgan:

– Endi uch tomonlama uchrashuv o‘tkazib, ikki Prezident va men ishtirok etamiz.

Tramp vitse-prezident Jey Di Vens, Davlat kotibi Marko Rubio va maxsus elchi Stiv Uitkoffga Moskva va Kiyev hamkorligini muvofiqlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Биография Юрия Ushakovа - РИА Новости, 14.05.2024

Avvalroq Rossiya yetakchisi yordamchisi Yuriy Ushakov Putin va Tramp telefon orqali 40 daqiqa suhbatlashgani, Amerika yetakchisi hamkasbini Zelenskiy va YeI yetakchilari bilan muzokara natijasidan xabardor qilgani haqida gapirgandi. Uning qayd etishicha, suhbat “ochiq va juda konstruktiv” o‘tgan,
Putin va Tramp Rossiya – Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi bevosita muzokarani davom ettirish tarafdori ekanini bildirgan.

Germaniya Kansleri Fridrix Mers Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng “xohlovchilar koalitsiyasi” konferensiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi.

NYT: миссия канцлера Гермаniи Fridrixа Mersа в Vashingtonе по uкреплеniю  поддержки Украины проvaлилась — РБК

– Tramp bilan suhbatdan so‘ng Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyor turgan koalitsiya videokonferensiyasi, keyin Yevropa kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, – degan u. – Ushbu koalitsiya tarkibida jami 30 davlat to‘plangan.

Konferensiyada Tramp bilan uchrashgan Yevropa vakillari Vashington muzokaralari haqida hisobot berishi kutilyapti.

Mersning matbuot anjumani Germaniyaning “Welt” nashri saytida namoyish etildi.

S.Rahimov, O‘zA sharhlovchisi