“Zakovat” o‘yinlarida mamlakatimizning “Misteriya” jamoasi sovrindor bo‘ldi
93
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarining III Osiyo ochiq chempionati musobaqalari qamrovi, ishtirokchi jamoalar sonining ko‘pligi bilan alohida ajralib turdi.
Jamoaviy musobaqalarda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekistonning 24 ta jamoasi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Qiziqarli kechgan o‘yinlarning saralashidan muvaffaqiyatli o‘tgan “Misteriya” (O‘zbekiston) va “Ehtiyot bo‘ling, tayfun” (Qozog‘iston) jamoalari breyn-ring finalda ro‘baro‘ keldi.
=

Unda qozog‘istonliklar 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, hamyurtlarimiz keyingi pog‘onani band etdi. 3-o‘rin Qozog‘istonning “Intellekt-ekipaj” va “Brain Art” jamoalariga tegishli bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA