Nodirbek Abdusattorov “Sinquefield Cup-2025”ning ilk turida Aronyan bilan kuch sinashadi

124

Bugun, 18 avgust kuni AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSH dollaridan iborat “Sinquefield Cup-2025” xalqaro turniri boshlandi.

“Grand Chess Tour”ning yakuniy klassik bosqichi sanalgan mazkur turnirda mahoratli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov Levon Aronyan (AQSH), Gukesh Dommaraju (Hindiston), Fabiano Karuana (AQSH), Rameshbabu Praggnanadxa (Hindiston), Alireza Firuzja (Fransiya), Uesli So (AQSH), Yan-Kshishtof Duda (Polsha), Maksim Vashe-Lagrav (Fransiya), Sem Sevian (AQSH) bilan kuch sinashadi.

9 ta turdan iborat xalqaro turnirning ilk turida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Levon Aronyanga qarshi dona suradi.

Aytish lozimki, Aronyan o‘tgan haftaning so‘nggi kunlarida yakunlangan “Saint Louis Rapid and Blitz 2025” turniri g‘olibi sanaladi. Ushbu turnirda Nodirbek har ikki yo‘nalishdagi o‘yinlarda  Aronyanni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

“Sinquefield Cup-2025” turniri 29 avgustga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA