OAVda Ukrainaning yangi qanotli raketasi surati berildi

124

Ukrainaning UNIAN axborot agentligi mahalliy qanotli raketa tasvirini chop etdi.

Suratni “Associated Press” agentligi foto muxbiri olgan.

– Mamlakatning “Fire Point” mudofaa kompaniyasi 3000 kilometrdan ortiq masofaga ucha oladigan yangi “Flamingo” qanotli raketasini muntazam ishlab chiqara boshladi, – deyilgan tarqatilgan xabarda.

Voqea bilan bog‘liq boshqa tafsilot keltirmagan.