Ekinlar texnologiyasi va navlari namoyish etildi

112

Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida “Qoraqalpog‘istonning degradatsiyaga uchragan hududlarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror tizimlarini rivojlantirish” mavzusida “Field Day” tadbiri o‘tkazildi.

Ilgari Nukus, Chimboy, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlarida o‘tkazilgan seminarlardan farqli o‘laroq, Field Day formatida qishloq xo‘jaligi ekinlari texnologiyalari va navlarini bevosita tajriba uchastkalarida namoyish etish maqsad qilindi.

Tadbir dasturida loyihaning maqsad va vazifalari, shuningdek, Nukus, Chimboy va Mo‘ynoq tumanlarida amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan infratuzilma taqdim etildi. Ishtirokchilar jo‘xori (Sorghum bicolor S-35), mosh (Cowpea IP9643), qo‘ng‘irbosh (Foxtail millet) va marvarid tarig‘i (Pearl millet IP8418, IP13150) yetishtirish agrotexnologiyalari hamda ularning biologik xususiyatlari bilan tanishdilar. Yetishtirilayotgan ekinlar va organik o‘g‘itlarning holati, ularning xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir ishtirokchilari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri