Samarqandda jahon chempionati o‘tkaziladi

115

17-21 avgust kunlari Samarqand shahridagi “Silk Roud Samarkand” turizm markazida harbiylar o‘rtasida triatlon bo‘yicha yigirma beshinchi jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda ilk bor harbiylar ishtirokida tashkil etilgan chempionatda 13 davlatdan 120 ga yaqin sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Kecha va bugun mazkur musobaqada ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Qatar, Belgiya, Kanada, Ispaniya, Fransiya, Sloveniya, Shveysariya, Eron, Portugaliya davlatlarining harbiy sportchilari Samarqand xalqaro aeroportida Mudofaa vazirligi mas’ullari, chempionatni o‘tkazishda bevosita hamkorlik qilayotgan vazirlik va idoralar vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.

Endilikda ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Qozog‘iston, Rossiya hamda Germaniya davlatlarining harbiy sportchilari mamlakatimizga yetib kelishadi.

Jahon chempionatining ochilish marosimi 18 avgust kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri