“Sh.Safin memorial 2025” turniri davom etmoqda
93

Poytaxtimiz Toshkentda taniqli grossmeyster, ko‘plab xalqaro turnirlarda vatanimiz sharafini himoya qilishda g‘olib va sovrindorlikka erishgan Shuxrat Safin xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Sh.Safin memorial 2025” xalqaro turnirda mamlakatimizning 5 nafar shaxmatchisi qatorida 5 ta xorijiy davlatning mahoratli “aql gimnastikasi” sohiblari ishtirok etmoqda.
Ortda qolgan 3 ta tur o‘yinlaridan keyin qirg‘izistonlik Semetey Tologontegin 2,5 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib oldi.
Kecha tashkil etilgan 3-tur o‘yinlarida mamlakatimiz vakillaridan Miraziz Matyoqubov, Javohir Botirov, Biloliddin Obidov, Shahzod Islomov durang natija qayd etgan bo‘lsa, Akbarali Abduhakimov g‘alabaga erishdi.
Bugun, 17 avgust kuni musobaqaning 4-turida Akbarali Abduhakimov qora donalarda turnirda yetakchilik qilayotgan qirg‘izistonlik Semetey Tologonteginga qarshi bahs olib boradi.
Musobaqalar 20 avgustga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA