Futzal: Bugungi raqibimiz Tojikiston terma jamoasi

93

16 avgust kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Tojikiston milliy terma jamoasi bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Aytish lozim, milliy terma jamoamiz futzalchilari joriy yil 10 avgustdan “Yunusobod” sport majmuasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

O‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Tojikiston bilan uchrashuv 2026 yilgi Osiyo kubogi saralash musobaqasiga tayyorgarlikning bir bosqichi hisoblanadi.

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyevning ta’kidlashicha, “Yunusobod” sport majmuasida o‘tayotgan mashg‘ulotlar va bugun Tojikiston jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘yin joriy yilning 20-24 sentyabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Osiyo kubogiga saralash musobaqasiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi bilan ahamiyatli.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida Qirg‘iziston, Sharqiy Timor va Falastin terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA