Ma’naviyat targ‘ibotchilari o‘zaro bellashishdi

111

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida barcha tuman va shahar bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida shaxmat-shashka, mini futbol va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi sport musobaqalarini o‘tkazishdan asosiy maqsad – hodimlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy hamjihatlikni kuchaytirishdan iborat.

Qiziqarli o‘tgan musobaqalar yakunida shaxmat va shashka bo‘yicha respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tumani bo‘limi rahbari Aysha Matniyazova, stol tennisi bo‘yicha respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kegeyli tumani bo‘limi rahbari Berdaq Matekov birinchi o‘rinlarni egallashdi. Mini futbol va voleybol bo‘yicha bahslarda shimoliy tumanlar xodimlaridan tashkil topgan “Shunqorlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblari respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan rag‘batlantirildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.