14 nafar bokschimiz Osiyo chempionati finalida jang qiladi

74

Tailandda boks bo‘yicha o‘tayotgan Osiyo chempionatining 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi final bahslari start olmoqda. Ushbu bosqichda O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar vakili ishtirok etadi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bugun quyidagi charm qo‘lqop ustalarimiz qit’a chempionligi uchun ringga ko‘tariladi:

-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova – Gulnaz Bo‘ribayeva (Qozog‘iston)

-51 kg: Gulsevar G‘aniyeva – Thi Ngos Tran Nguyen (Vetnam)

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova – Yatri Shirishkumar (Hindiston)

-70 kg: Oysha Toirova – Bakit Seidish (Qozog‘iston)

-55 kg: Samandar Olimov – Dulguunsaixan Xarxu (Mo‘g‘uliston)

-60 kg: Shohrux Abdumalikov – Nurislam Kaldibayev (Qozog‘iston)

-65 kg: Sayat Ilyasov – Ilya Kalinin (Qozog‘iston)

-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov – Nurbek Mursal (Qozog‘iston)

-75 kg: Shavkatjon Boltayev – Neyeraj (Hindiston)

-80 kg: Rahmatullo Boymatov – Sanjar-Ali Begaliyev (Qozog‘iston)

-85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Sam Estaki (Eron)

-90 kg: Shahzod Polvonov – Temirlan Mukatayev (Qozog‘iston)

+90 kg: Halimjon Mamasoliyev – Ishan Kataria (Hindiston)

-54 kg: Uzukjamol Yunusova – Natnicha Chongprongklang (Tailand)

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA