Yosh bokschilarimiz qit’ada tengsiz

148

Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yoshlar (U19) o‘rtasidagi final bahslari bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza medaliga ega chiqdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, chempionatda Jahongir Zayniddinov, Abdulaziz Jo‘raqulov, Norbek Abdullayev, Samir Sobirov, Islam Salihov, Sevara Mamatova hamda Sobiraxon Shahobiddinova barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Muhammadjon Yaqupboyev, Maftuna Musurmonova hamda Rayhona Qurbonboyeva kumush, Abdurahmon Mahmudjonov, Maftuna Yangiyeva va Ruxshona Parpiyeva bronza medali bilan taqdirlandi.

Ushbu natija bilan  bokschilarimiz qit’ada tengsizligini yana bir bor isbotladi. Hindiston va Xitoy termasi kuchli uchlikni yakunladi.

Bugun U22 yosh toifasida final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda 14 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA