DXX kubogi respublika bosqichi start olmoqda
167

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy Davlat xavfsizlik xizmati kubogining hal qiluvchi respublika bosqichi start olmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘ylab o‘tkazilgan hududiy bahslarda 19.698 ta jamoa tarkibida ishtirok etgan 254 mingdan ziyod o‘g‘il-kizlar orasidan final bosqichi uchun 42 ta jamoa saralandi.
Respublika bosqichi o‘yinlariga joriy yilning 18–23 avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida har kuni soat 08:00 da start beriladi.
Musobaqaning final uchrashuvi 23 avgust kuni soat 18:00da “Jar” сtaдиониda bo‘lib o‘tadi.
Kubok sari olib boruvchi har bir bellashuv — o‘ziga xos sinov. Har bir o‘yin — yosh futbolchilar uchun yangi tajriba va imkoniyat.
Keling! Professionallarga xos kurash, haqiqiy shijoat va birdamlik tuyg‘usini biz bilan birga his eting!