Apple AQSH iqtisodiyotiga qaytmoqda
“Apple” AQSH iqtisodiyotiga avval e’lon qilingan 500 milliard dollardan tashqari yana 100 milliard dollar sarmoya kiritadi, dedi Prezident Donald Tramp.
Fevral oyida kompaniya to‘rt yil davomida mamlakat rivoji uchun yarim trillion dollar ajratish rejasini e’lon qilgandi. Ushbu mablag‘ yordamida Texasda sun’iy intellekt uchun server ishlab chiqaradigan zavod qurilishi va butun mamlakat bo‘ylab sohada 20 000 ga yaqin ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.
— Umuman, “Apple” 2029 yilgacha yo‘naltiradigan jami 600 milliard dollarlik sarmoya jamoa tarixida bir mamlakatga berilayotgan eng yirik investitsiya, — dedi Amerika yetakchisi Oq uyda.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Oq uyga kelgan kompaniya rahbari Tim Kuk Prezidentga sovg‘a sifatida 24 karatlik oltin shisha buyumni esdalik sovg‘asi sifatida topshirgan.
S.Rahimov, O‘zA