Muhim uchlik uchrashuvi: Tramp Putin va Zelenskiyni yuzlashtirmoqchi

109

Donald Tramp urushni to‘xtatish maqsadida yaqin kunlarda rossiyalik va ukrainalik hamkasblari bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazmoqchi.

“Euronews” xabar berishicha, dastlab Tramp Putin bilan Moskvada uchrashadi, so‘ngra uch tomonlama muzokara — AQSH, Rossiya va Ukraina rahbarlari ishtirokida sammit o‘tkazilishi kutilyapti. Bu reja Zelenskiy hamda bir necha Yevropa davlati yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida ma’lum qilingan.

Zelenskiy kechki video murojaatida AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoffning Moskvaga tashrifi Rossiya tomonidan sulh masalasiga nisbatan ochiqlik sezilayotganini qayd etdi. U o‘z chiqishida bosim natija berayotgani, lekin tafsilotda aldovga yo‘l qo‘yilmasligi muhimligini ta’kidladi.

Tramp mazkur uchrashuv natijasini yuqori baholab, ijobiy o‘zgarishlarga zamin yaratilayotganini yozdi. Shunga qaramay, Oq uy rasmiylari Rossiyaga qarshi ikkinchi darajali sanksiya 9 avgustda kuchga kirishini qo‘shimcha qilgan.

Putin va Uitkoff muloqoti uch soat davom etdi. RF Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov muzokara “konstruktiv va samarali” kechganini bildirgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA