9 nafar bokschimiz Osiyo chempionligi uchun ringga ko‘tariladi
98

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha o‘tayotgan U22 yosh toifasidagi bahslarda 1/2 final janglari tashkil etilmoqda.
Quvonarlisi, ushbu bosqichga yetib kelgan 10 nafar bokschimizdan 9 nafari raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etdi va final bosqichiga yo‘l oldi. Endi ular 11 avgust kuni Osiyo chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.
Yarim final bosqichida o‘z ishtirokini yakunlagan Behruz Xoldorov -50 kg. vazn toifasida bronza medali bilan taqdirlandi.
Ayni damda mazkur yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida yarim final janglari o‘tkazilmoqda. Unda 8 nafar bokschimiz jang qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA