18 nafar bokschimiz final ostonasida jang qiladi

64

Tailand mamlakati mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining U19 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida 4 nafar hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Chempionatning  -75 kg. vaznida bo‘lib o‘tgan chorak final jangida Maftuna Yangiyeva Janubiy Koreya vakili Mina Jungni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan bo‘lsa, Rayhona Qurbonboyeva vazni -70 kilogrammgacha bo‘lgan bokschi qizlar o‘rtasidagi 1/4 final bosqichida Xitoy Taypeyi sharafini himoya qilgan Chun-Ai Kaoga hech qanday imkon qoldirmadi. Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Sevara Mamatova hamda Maftuna Musurmonova yarim finalga chiqdi.

Bugun, 6 avgust kuni Osiyo chempionatida 22 yoshgacha bo‘lgan 18 nafar bokschimiz final ostonasida jang qiladi. Qayd etish lozimki, ushbu bosqichga U22 jamoamiz yo‘qotishlarsiz, to‘liq tarkib bilan yetib keldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA