Ruminiya sobiq prezidenti vafot etdi

99

Ruminiyaning sobiq prezidenti Ion Iliyesku 95 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi “Sinxua” axborot agentligi.

Sog‘liqni saqlash idorasi ma’lumotiga ko‘ra, iyun oyi boshidan buyon Buxarestdagi shifoxonada davolanayotgan marhumga o‘pka saratoni tashxisi qo‘yilgan edi. So‘nggi kunlarda bemorning ahvoli keskin yomonlashgan.

Iliyesku 1990-1996 va 2000-2004 yillar oralig‘ida mamlakatni boshqargan.

Hukumat siyosatchining vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘u izhor etib, Ionning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.