Karol Navrotskiy Polshaning yangi prezidenti
Karol Navrotskiy iyun oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng, bugun qasamyod qabul qildi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.
Ta’kidlanishicha, uning inauguratsiya marosimi mamlakat parlamentida bo‘lib o‘tgan. Navrotskiy 2015 yildan beri Polsha yetakchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Andjey Dudaning o‘rnini egalladi.
Navrotskiy o‘lkadagi prezidentlik saylovlarining yakuniy bosqichida Varshava meri Rafal Trzaskovskiyni mag‘lub etib, 50,9% ovoz bilan g‘alaba qozondi.
O‘.Alimov, O‘zA