Bolgariya Prezidenti o‘zbekistonlik sportchilarni qabul qildi
86
Shu kunlarda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Bolgariyaning Plovdiv shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.
Joriy mavsumning nufuzli musobaqalari, shuningdek kelasi yil Yaponiyada o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblangan mazkur tadbir doirasida mamlakatimiz sportchilarini ushbu davlat yetakchisi Rumen Radev qabul qildi. Bu haqda “Rowing&Canoe Uzbekistan” federatsiyasi axborot xizmati xabar tarqatgan.
Prezident sportchi va murabbiylarimiz uchun yaratilgan shart-sharoit, mashg‘ulotlar jarayoni bilan qiziqdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar, xususan sport sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari ko‘tarildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA