Kolumbiya sobiq prezidenti 12 yil uyda o‘tiradigan bo‘ldi

101

Kolumbiya sudi tomonidan mamlakat sobiq yetakchisi Alvaro Uribe dalilni soxtalashtirish va protsessual firibgarlik qilmishi bo‘yicha aybdor, deb topilib, 12 yillik uy qamog‘iga hukm qilindi. Endi u belgilangan muddatni uyidan chiqmay o‘tkazadi. Ayni qaror “Caracol” radiostansiyasi e’lon qilgan sud hujjati matnida aks etgan.

— Shuningdek eng kam oylik ish haqining 2420,5 barobari miqdoridagi jarima va 100 oy 20 kun davlat lavozimida ishlashga taqiq hukmi ham chiqarildi, — deyilgan mahkama xulosasida.

2002-2010 yillari Kolumbiya Prezidenti lavozimida ishlagan Uribe mamlakat tarixidagi eng nufuzli siyosiy arboblardan biri sanaladi. Unda sud qarori ustidan apellyatsiya instansiyasiga shikoyat kiritish huquqi bor.