Zelenskiy 2025 yil harbiy xarajatni oshirishga rozi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xavfsizlik va mudofaa tizimiga ajratiladigan yillik xarajatni 412 milliard griven (9,8 milliard dollar)ga yetkazish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Oliy Rada ma’lumot bazasi guvohlik bermoqda.
Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko avvalroq parlament tomonidan ayni mazmundagi taklif qo‘llab-quvvatlanganini ma’lum qilgandi.
Mudofaa vaziri Denis Shmigal esa “Agar Oliy Rada byudjetga o‘zgarish kiritilishini ma’qullamasa, ukrainalik harbiylar 15 avgustdayoq maoshsiz qolishi mumkinligidan ogohlantirgandi.