Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Malayziya. Sayyohlar Kuala-Lumpur shahridagi “Egizak minora”ni yuqoridan tomosha qilmoqda.

Falastinliklar Isroil orqali kirgan yordam yukini G‘azo sektori shimolidagi Bayt-Lohiya hududiga olib ketmoqda.

Yaponiya poytaxti Tokioda o‘tkazilayotgan “Yorug‘lik” festivalida mahalliy aholi chiroqlar atrofida qayiqlarda suzib o‘tmoqda. Har yili bayram arafasida umid va tilaklar yozilgan mingga yaqin chiroq suvga chiqariladi.

Albaniya. Adriatika dengizi Shengjin qirg‘og‘ining yuqoridan ko‘rinishi.

Portugaliyaning Aruka hududida o‘rmon yong‘ini avj olgan.

Sayyohlar Xitoyning Siansinan Bui va Miao muxtor mintaqasidagi milliy bog‘da nilufar guli va ulkan yashil barglarni tomosha qilmoqda.

Mexikolik ayol norozilik namoyishida politsiyachilar bilan to‘qnash keldi.

Qirg‘iziston. Chavandoz Norin viloyati So‘ng-Ko‘l yaqinida ot sporti shousida chiqish qilmoqda.

Filippin. Musson yomg‘iri oqibatida yuz bergan toshqindan jabr ko‘rgan Keyta shahri aholisi uydan turib atrofni kuzatmoqda.

Janubiy Sudanlik qochoq Gretsiyaning Krit orolidagi muhojirlar saqlanadigan istehkomda xayol suryapti.

Kiyevga raketa uchirilgandan keyin qutqaruvchilar vayron bo‘lgan turar-joy binosi ostidan jasadlarni izlamoqda.

Ishtirokchilar Rimda bo‘lib o‘tgan Yoshlar festivalidan so‘ng “Fiera Roma” maydonida orom olmoqda.

AQSH. Orlando shahridagi “Eola” ko‘lida qush tumshug‘i bilan baliq ovlayapti.

Hindiston. Dehli shahrida kuchli yomg‘irdan so‘ng transport vositalari suv bosgan ko‘cha bo‘ylab harakatlanmoqda.

Turkiyaning Harmanjik shahrida o‘rmon yong‘ini: tutun ko‘kka o‘rlamoqda.

Iroq. Bag‘dodliklar jaziramadan salqinlash uchun Dajla daryosidagi qulayotgan minora yonida cho‘milyapti.

Tailand va Kamboja o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgach, tailandlik zobit chegara yaqinida zirhli transport vositasida atrofni kuzatmoqda.

Gretsiya. Afina yaqinidagi Kryoneri qishlog‘ida o‘t o‘chirish vertolyoti yonayotgan uyga yuqoridan suv purkamoqda.

Germaniyaning Ridlingen shahrida mahalliy yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketib, bir necha kishi qurbon bo‘ldi. Texnik muhandislar voqea joyida hodisa oqibatini o‘rganyapti.

“Tour de France” velopoygasi navbatdagi bosqichida olomon sportchilarni olqishlamoqda.

Kosovoning Dubrava qishlog‘ida ham o‘rmon yonib, mahalliy aholi turar-joylariga jiddiy zarar yetkazdi.

Kanadaning Alberta shahrida bo‘lib o‘tgan “KDays” festivalida it to‘siqdan sakrab o‘tyapti.

Hindistonning Mumbay shahridagi “avtobuslar qabristoni”.

Peru. 2022-2023 yillari hukumatga qarshi norozilik namoyishida halok bo‘lganlarning qarindoshlari qizil libosda Mustaqillik kuni arafasida Lima shahridagi xotira marosimida ishtirok etmoqda.

Misr. Qohiraning Al-Duvayka mahallasi bolalari yoz jaziramasida ko‘chma suv havzasida salqinlamoqda.

Yaponiyaning Taishi shahridagi “Honda Reizo” zavodida ishchi ulkan muz bo‘lagini qismlarga ajratmoqda. Kun chiqar o‘lka bo‘ylab jazirama harorat davom etarkan, muz ishlab chiqarish avjida. Mazkur korxona jaziramani yengishda odamlarga yordam berish uchun har kuni 113 tonna muz kubi ishlab chiqaradi.

XXR Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon sun’iy intellekt konferensiyasi doirasida odamsimon robotlar boks bo‘yicha bahslashmoqda.
O‘tkir Mirzo tayyorladi.
O‘zA