Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev “Istanbul Bashakshehir” tarkibida maydonga tushdi
140
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasi tarkibida maydonga tushdi.
Kecha “Istanbul Bashakshehir” va “Istanbulspor” jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida har ikki futbolchimiz asosiy tarkibda maydonga tushdi.


Uchrashuvda “Istanbul Bashakshehir” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Golga jamoaning yangi futbolchisi Devi Zelke mualliflik qildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA