Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi

149

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi;

Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Muzey Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat muassasasi hisoblanadi.

Memorial muzey faoliyatini saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xarajatlari uchun talab etiladigan mablag‘lar, shuningdek, Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi bilan bog‘liq xarajatlar davlat byudjeti tomonidan ajratiladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda memorial muzey faoliyatini samarali tashkil etish hamda Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashi lozim.

2026 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Qarorga muvofiq, davlat buyurtmasi asosida O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratiladi.

O‘zA