Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi

362

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda keltirildi.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nuqtai nazaridan samaradorligi oshiriladi.

Hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklarning iqtisodiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlari yanada kengaytiriladi.

Farmon talablarini inobatga olgan holda Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi va maqbullashtiriladi.

O‘zA