Elchi bilan uchrashuv

277

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F. Ermanov mamlakatimizning Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi A. Fayzullayev bilan uchrashdi.

Tadbirda O‘zbekistonning Italiya davlatidagi diplomatik vakolatxonasi faoliyati, ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek, turizm, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar rivoji masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va mavjud aloqalarni mustahkamlash borasidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri