O‘zbekistonlik karatechilar Dushanbeda kuchlilar qatoridan joy egalladi

171

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida shinkiokushinkay karate bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Vatanimiz sharafini himoya qilgan “NURHAS” karate markazi tarbiyalanuvchilari 13 ta medallar shodasini qo‘lga kiritib, umumjamoada 1-o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyo davlatlarining 300 nafarga yaqin shinkiokushinkay karatechilari qatnashgan musobaqalar davomida turli yosh va vazn toifalarida Mutal Nazarov murabbiyligidagi “NURHAS” karate markazi tarbiyalanuvchilaridan Ruxshona Hamroyeva, Muhammadali Nazarov, Muhammadsodiq Bekulbekov, Oleg Magdyuk, Temur Erkinov, Madina Ro‘zimova, Saida Risqulova, Laylo Davronova, Odilbek Olimboyev,  Dostonbek Sharipov shohsupaning eng yuqorisidan joy egalladi.

Dushanbe turnirida 10 ta oltin, 3 ta kumush medaliga sazovor bo‘lgan yurtimiz shinkiokushinkay karatechilari endi 27-29 iyun kunlari Qozog‘iston poytaxtida 30 ga yaqin davlat sportchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Astana Open-2025” turnirida ishtirok etishi kutilmoqda.

T.Ro‘ziyev, O‘zA