Ichki ishlar vazirligida rasmiy tayinlovlar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida rahbarlik lavozimlariga bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga binoan quyidagilar:
polkovnik Jumanov Toʻlqinboy Sattorovich
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari-xizmat oʻtashni tashkillashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;
mayor Akmalov Farrux Shavkatovich
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari-kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;
podpolkovnik Axmedov Azamat Axtamkulovich
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi, Tashkiliy-shtat ishlari boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;
polkovnik Usmanov Alisher Sharafiddinovich
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlangʻich tayyorlash va malakasini oshirish markazi (Toshkent shahri) boshligʻi lavozimiga;
podpolkovnik Sabirjanov Abror Xadjinigmanovich
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari-kadrlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;
podpolkovnik Sadikova Bernora Taravayevna
Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Postda”-“Na postu” gazetalari va “Qalqon”-“Щit” jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri lavozimiga;
podpolkovnik Pardiyev Abduraxman Azizovich
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshligʻi lavozimiga;
podpolkovnik Turayev Sherali Mingishovich
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori lavozimiga tayinlandilar.

 

OʻzA