Tramp: AQSH armiyasi urush olib borishning yangi usullarini o‘rganadi

AQSH armiyasi Rossiya – Ukraina misolida mojarolarning yangi usullarini o‘rganmoqda, dedi Prezident Donald Tramp.
– O‘rganyapmiz, ammo bu dahshat, albatta, dedi u Vest-Poynt harbiy akademiyasida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda. – Urushning turli shakllarini ko‘ryapmiz. Yuqori tezlikda uchib, o‘ta aniq zarba berayotgan dronni avval ko‘rmaganmiz va bundan saboq olyapmiz.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Oq uyga qaytgach yana dunyoda hurmatga sazovor bo‘lgan AQSH armiyasi endi demokratiyani qurol yordamida oldinga surmaydi. 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimida Tramp Amerikani har qachongidan ham qudratliroq qilishga va’da berib, dunyo hali ko‘rmagan eng kuchli armiya yaratish rejasini e’lon qilgandi.
Oq uy rahbari bu gal ulkan hajmli giper tovushli raketa haqida ham gapirdi:
– Bilasizmi, bizning ixtirochilar ishlab chiqqan ushbu raketani Obama davrida ruslar o‘g‘irlagan. Juda yomon voqea yuz bergan.
Avval ham Tramp Rossiya AQSHdan “super-puper raketa” chizmalarini o‘g‘irlagani haqida bayonot bergan edi.
Bunga javoban Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RF dunyoda o‘xshashi yo‘q bir necha ajoyib raketaga egaligini aytgandi.