Mask: “SpaceX” kompaniyasining asosiy maqsadi Marsga parvoz qilish
Amerikalik tadbirkor, “SpaceX” kosmik korporatsiyasi rahbari Ilon Mask “Washington Post” gazetasiga bergan intervyusida Oyga parvoz qilish imkoniyatini inkor etmagan holda, Marsga parvozni asosiy maqsad deb atadi.
“O‘ylaymanki, asosiy maqsad Mars bo‘lishi kerak. Balki bu yo‘lda biz Oyga qaytamiz. Lekin asosiy maqsad Mars bo‘lishi kerak, chunki bu haqiqatan ham Apollondan (NASAning Oyga qo‘nish dasturi — tahr.) keyingi katta sakrashdir”, — dedi Mask.
6 may kuni Mask insoniyat sivilizatsiyasining omon qolishi uchun Marsda aholi punktlarini yaratish zarurligi haqida fikr bildirgan edi.
Mart oyida ommaviy axborot vositalari Mask NASA dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va zaxiralarni Marsga inson parvozini amalga oshirishga yo‘naltirish uchun sarflayotgan mablag‘lar ustida ishlayotgani haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, u o‘z rejalarini amalga oshirish uchun AQSH prezidenti Donald Trampdan yordam olishga harakat qilgan.
Mask 2024 yilning aprelida Marsni mustamlaka qilish uchun kamida bir million odam va bir necha million tonna yuk kerak bo‘lishini, uning fikricha, bu yuk Qizil sayyoraga 20 yil ichida yetkazilishi mumkinligini aytgandi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Marsni mustamlaka qilish loyihasi hozirda qatordagi eng yangi model bo‘lgan “Starship 3” raketasida amalga oshiriladi.