Rossiya – Ukraina: Turkiya muzokara tashkil etishga tayyor
Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlikka erishish borasidagi sa’y-harakat to‘xtab qolgandek ko‘ringan bir payt AQSH Prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni “o‘t bilan o‘ynashish”da aybladi. Bu haqda “Euronews” yozdi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bildirishicha, mamlakat Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaraning navbatdagi davrasini qabul qilishga tayyor va bu “tezda o‘t ochishni to‘xtatishi, keyin esa doimiy tinchlikka olib kelishi”dan umidvor.
– Muzokaraga mezbonlik qilishga har doim tayyormiz, – dedi u rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan qo‘shma matbuot anjumanida. – Buni nafaqat mintaqaviy, balki global tinchlikka erishish yo‘lidagi burch, deb bilamiz.
Fidan ikki kunlik tashrif bilan Moskvada bo‘lib, dushanba kuni Prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi.
Oy boshida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari 2022 yildan beri birinchi marta Istanbulda uchrashgan edi.
Musulmon Ziyo, O‘zA