Guterrish: BMT AQSH moliyalashtirishni qisqartirishi tufayli tarqab ketmaydi

152

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Qo‘shma Shtatlar tomonidan gumanitar dasturlarni moliyalashtirish kamayganidan xavotir bildirdi va shu sababli BMT “parchalanib ketmasligiga” ishonch bildirdi.

– Albatta, BMTga eng ko‘p mablag‘ ajratayotgan, taraqqiyot va gumanitar hamkorlikka eng katta hissa qo‘shayotgan davlat – AQSH o‘z hissalarini keskin kamaytirganidan xavotirdaman, -dedi Guterrish Berlinda Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. – Vaziyat shunday bo‘lsada BMT tarqab ketmaydi.

Mart oyida Tashkilot Bosh kotibi “BMT-80” tashabbusi boshlanganini e’lon qildi. Ushbu islohotlar tashkilotning xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha taftish o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.

Islohotlar Qo‘shma Shtatlar tomonidan BMT byudjetiga ajratmalar qisqartirilishi va hozirgi Amerika ma’muriyatining gumanitar loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha pozitsiyasi sharoitida amalga oshirilmoqda.

S.Rahimov, O‘zA