SHHT ta’lim vazirlari 7 ta hamkorlik hujjatini imzoladi

200

Joriy yilning 13 may kuni Xitoyda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar ta’lim vazirlarining 9-yig‘ilishida raqamli va chegarasiz ta’lim hamda sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha yettita hamkorlik hujjati imzolandi. Bu haqda “IRNA” axborot agentligi ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, uchrashuvda vazirlar ta’limni rivojlantirish hamda SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha strategik tashabbuslar yuzasidan fikr almashgan.

Shuningdek, madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy aloqalarni innovatsion usullar orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Musulmon Ziyo, O‘zA