Talabalar suzish bo‘yicha mahoratini sinovdan o‘tkazdi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari o‘rtasida “Sport oyligi” doirasida suv sporti bo‘yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Nukus shahridagi Respublika suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida tashkil etilgan musobaqada o‘g‘il bolalar 100 metrga “Batterflyay”, “Brass”, “Chalqancha”, “Erkin” usulda va qizlar 100 metrga “Erkin” usulda suzish bo‘yicha bellashdi.
Bahslar qizg‘in lahzalarga boy tarzda o‘tdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA