Trampning Saudiyaga munosabati

168

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni imzolagan kelishuvlarda harbiy hamkorlik, jumladan Podshohlik Qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish, ta’limni qo‘llab-quvvatlash, xizmatlarni yaxshilash masalalariga urg‘u berilgan.

“Irna news” yozishicha, Prezident Donald Tramp va Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon o‘zaro ittifoqni yanada chuqurlashtiradigan ko‘plab shartnomalar imzolagan.

– Tashrifdan mamnunman, – dedi Tramp Ar-Riyod uchrashuvi arafasida. – Biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz va qadrlaymiz.

Bunga ishonchim komil.

Saudiya, Qatar va BAAga uch kunlik safar bilan kelgan Tramp Podshohlik sarmoyasining AQSH iqtisodiyotidagi ahamiyatini oshirishga urg‘u bermoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA