O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 milliondan ko‘p xorijiy sayyoh keldi
235
2025 yil aprel oyida O‘zbekistonga 1 milliondan ziyod xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, ochiqlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash natijasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining turizmni strategik tarmoq sifatida rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari hamda sohaga investitsiyalar jalb etilishi, vizasiz rejimlarni kengaytirish, xalqaro turistik yarmarka va forumlarda faol ishtirok etish mamlakatimiz jozibadorligini yanada oshirmoqda.
Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, kelgusida ham sohani yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos xizmat turlarini kengaytirish hamda ekologik va barqaror turizm yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonni jahon miqyosida raqobatbardosh va jozibador turistik yo‘nalishga aylantirish maqsad qilingan.
B.XUDOYBERDIEV,
O‘zA