13 yoshidan buyon beshik yasayotgan hunarmand

230

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Kun nuri mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Azamat Izbergenovni mahoratli beshik ustasi sifatida ko‘pchilik yaxshi taniydi. U yasagan beshiklar qanchadan qancha bolajonni allalab, ulg‘aytirgan.

– Maktabda o‘qib yurgan paytlarim, ya’ni 13 yoshimda ilk beshigimni yasaganman, – deydi hunarmand. – Otamning o‘rgatganlari va qo‘llab-quvvatlashlari menga doim shijoat bergan. Hozirda ustaxonamizda har oy 80-100 dona beshik tayyorlanadi.

Hunarmandning turmush o‘rtog‘i Ziyoda, qizi Nilufar va egizak o‘g‘illari Asan va Usen otasiga yaqin ko‘makchi. Ular beshik va unga zarur buyumlarni birgalikda tayyorlaydi. Kelgusida hunarmand faoliyatini kengaytirib, yangi ish o‘rinlari tashkil etish niyatida.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA