Putin: Umid qilamanki, yadro quroliga zarurat bo‘lmaydi

179

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan mojaroda yadro quroliga zarurat paydo bo‘lmasligiga umid qilishini bildirdi. Bu haqda “Politico” yozdi.

Uning aytishicha, urushni “mantiqiy yakuni”ga yetkazish uchun Moskvada yetarli “kuch va vositalar” bor.

– Bizda 2022 yil boshlangan amaliyotni Rossiya talab qiladigan natija bilan mantiqiy yakuniga yetkazish uchun yetarli kuch va vositalar bor, — degan RF rahbari davlat televideniyesiga bergan intervyusida.

O‘tgan yil noyabr oyida Putin RF yadroviy doktrinasining yangilangan loyihasiga imzo chekkan. Hujjatda dunyo bo‘yicha eng yirik atom arsenalidan qanday sharoitlarda foydalanish mumkinligi belgilangan.

Musulmon Ziyo, O‘zA