AQSH – Ukraina: Sizdan ugina, bizdan bugina…

200

AQSH bir necha oy davom etgan keskin muzokaralardan so‘ng Ukraina bilan ushbu mamlakat energetika va mineral resurslaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda BBC yozgan.

Ikki davlat Ukrainaning Rossiya bilan urushidan keyingi iqtisodiy tiklanishni rag‘batlantirish uchun qayta qurish sarmoya fondini tashkil etishga qaror qilishdi.

Qo‘shma Shtatlar moliya vaziri Skott Bessent aytishicha, Kiyev uchun bu kelishuv harbiy yordamga erishish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Ukrainada grafit, titan, litiy kabi muhim minerallarning ulkan zaxirasi bor, deya ishoniladi. Bu moddalar qayta tiklanadigan energiya, harbiy va sanoat infratuzilmasida qo‘llanilishi bois bozori chaqqon mahsulotlar sanaladi.

Darvoqe, shartnoma AQSHning Xitoy bilan savdo urushi sharoitida amalga oshirildi.

Musulmon Ziyo, O‘zA