Ota farzandiga uy hadya qildi

200

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo sudining 2022 yil 29 avgustdagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi R.D.ning foydasiga tarbiyasidagi bir nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor Ye.U.ning har oydagi jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Ushbu hujjat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Javobgar Ye.U. hech qayerda rasman ishlamasa ham har oydagi aliment to‘lash majburiyatini o‘z vaqtida va muntazam ravishda bajarib kelgan. Qarzdor Taxiatosh tumani markazida joylashgan o‘zining nomidagi uyni farzandi nomiga o‘tkazib berdi. Shu bois undiruvchi 28 aprel kuni bo‘limga kelib, farzandining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment nafaqa pulidan voz kechishini bildirib ariza berdi va ijro harakati tugatildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.