Jo‘qorg‘i Kengesning sessiyasi bo‘lib o‘tdi

216

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirliklar va soha rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni loyihasi haqidagi masala bo‘yicha Jo‘qorg‘i Kengesning qo‘mita raisi Sh.Otemisov ma’ruza qildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur qonun 5 ta moddadan iborat bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2013 yil 5 iyuldagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda 2019 yil 27 martdagi “Fuqarolar yig‘ini raisini saylash to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Sessiyada Jo‘qorg‘i Kengesning Sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axboroti, yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish va ilmiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining tegishli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi va qarorlar qabul qilindi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ishtirok etdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.