To‘rt nafar o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Yaqinda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida rus tili fanidan Gubkin fan olimpiadasi o‘tkazilgan edi.
Unda qoraqalpog‘istonlik to‘rt nafar o‘quvchi, jumladan, Nukus shahridagi 32-sonli maktab o‘quvchisi Ulzoda Ibraimova, 4-sonli maktab o‘quvchisi Kamila Duzelbayeva, 37-maktab o‘quvchisi Ulug‘bek Atashov, Qo‘ng‘irot tumani 37-sonli maktab o‘quvchisi Aliya Amangeldiyeva yuqori natijalarga erishib, munosib rag‘batlantirildi.
Ushbu o‘quvchilar I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinib, muddatidan oldin talaba bo‘ldi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.