Xitoy: Savdo ixotasiga javob qat’iy bo‘ladi

166

Xitoy AQSH yetakchiligida yuzaga keltirilayotgan savdo izolyatsiyasi jarayoniga qo‘shilganlarga qarshi choralar ko‘rishga tayyorligini bildirmoqda. Agar muayyan davlatlar Vashington tomonidan joriy qilinayotgan, Xitoyga zarar yetkazuvchi savdo kelishuvlariga qo‘shilsa, bunday harakatga qarshi albatta munosabat bildiriladi.

XXR Savdo vazirligi shu xususda bayonot berdi:

– Xitoy shunga o‘xshash vaziyatni hech qachon qabul qilmaydi va bunga qat’iy javob beradi.

Ikki qutbli savdo siyosati

“The Wall Street Journal” xabariga ko‘ra, AQSH 70 ga yaqin davlat bilan Xitoyni global savdodan ixotalash rejasini muhokama qilmoqda. Masalan, Chin mahsulotlari tranzitini cheklash, Xitoy kompaniyalari faoliyatiga to‘siq qo‘yish va arzon sanoat mollarini qabul qilmaslik so‘ralmoqda. Pekin ayni harakatni “bir tomonlama bezorilik” atab, “Agar xalqaro savdo o‘rmon qonuniga aylansa, kuchlilar zaiflarni bossa, bundan barcha davlatlar yutqazadi” degan.

Tarif urushining avji

Prezident Tramp davrida AQSH Xitoy mahsulotlariga 145 foiz tarif joriy qildi, Xitoy esa, javoban, Amerika tovarlariga 125 foiz boj o‘rnatdi. Oq uy shu munosabat bilan Pekinni bir necha bor muzokaraga chaqirgan. Xitoy esa muloqotga ochiqligini bildirgan. Binobarin, hozircha jiddiy yaqinlashuv kuzatilgani yo‘q.

K.Bekjonov, O‘zA