Joriy yil 1 may sanasidan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarda respublikaga bojsiz olib kiriladigan tovarlarning yangi normalari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, havo transportida 1000 AQSH dollari, temir yo‘l va daryo transportida 500 AQSH dollari, avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali 300 AQSH dollari, xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali 200 AQSH dollari, xalqaro pochta jo‘natmalari orqali 100 AQSH dollari ekvivalentidagi tovarlar miqdor ko‘rsatkichlaridan ortmagan va safar davomiyligidan kelib chiqqan holda bojsiz olib kirilishi mumkin.

Bojxona qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan bojxona chegaralari orqali harakatlanayotgan fuqarolar, haydovchilar va keng jamoatchilik vakillarini xabardor qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari “Xo‘jayli” chegara bojxona posti va unga tutash mahallalarda bo‘lib o‘tdi. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha xodimlaridan javob oldi.

         Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.