“Butunjahon taekvondo ittifoqi Prezidenti kubogi” boshlandi

170

Xitoyda taekvondo WT bo‘yicha “Butunjahon taekvondo ittifoqi Prezidenti kubogi” boshlandi. Yettinchi marotaba tashkil etilayotgan mazkur nufuzli musobaqada qit’amizning eng nomdor taekvondochilari qatori O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.

Qur’a natijasiga ko‘ra, taekvondochilarimizning raqiblari bilan tanishing:  

Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlar:

-87 kg vaznda nimchorak final jangi: Shuhrat Salayev – Saleh Elsharabati (Iordaniya);

-87 kg vaznda nimchorak final jangi:

Yodgorbek Jo‘raboyev – Muhammad Zuber (Malayziya);

-87 kg vaznda 1/16 final jangi:

Shohjahon Karimboyev – Xvan Lyu Kuk (Koreya Respublikasi);

-80 kg vaznda nimchorak final jangi: Jasurbek Jaysunov – Say Zhaoxun (Xitoy)/Park Ji Min (Koreya Respublikasi) bahsi g‘olibiga qarshi;

-74 kg vaznda birinchi bosqich jangi:

Shahboz Tusmatov – Kim Hyun Vo (Koreya Respublikasi);

-74 kg vaznda 1/16 final jangi:

Najmiddin Qosimhojiyev – Dinmuhammad Rassululi (Qozog‘iston)/Ksiyang Qizhang (Xitoy) bahsi g‘olibiga qarshi;

+87 kg vaznda chorak final jangi:

Marat Mavlonov – Yang Junyong (Koreya Respublikasi)/Kang Sanghyun (Koreya Respublikasi) bahsi g‘olibiga qarshi.

Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar:

-57 kg vaznda nimchorak final jangi: Shabbona Abduvaliyeva – Chen Lin (Xitoy);

-57 kg vaznda nimchorak final jangi: Madina Mirabzalova – Kim Nanhi (Koreya Respublikasi);

-53 kg vaznda nimchorak final jangi:

Laylo Zayniddinova – Mobina Nematzade (Eron);

-49 kg vaznda 1/16 final jangi:

Laylo Hasanova – Saffron Tambiraja (Avstraliya);

-49 kg vaznda 1/16 final jangi:

Dilnoza Tangirova – Byanka Motta (Avstraliya);

-46 kg vaznda nimchorak final jangi: Madina Shoniyozova – Taiba Alsharif (Saudiya Arabistoni).

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA